Янгиликлар

MUHTOJLARGA KO‘MAK

Tuman hokimligi va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan tumandagi 100 ta nochor oilaga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Besh turdagi zаrur mahsulotlar bilan taʼminlangan fuqarolar juda mamnun.
________________

SAYYOR QABUL

Obihayot mahallasida tuman prokurori J.Bozorov, tuman hokimi o‘rinbosari T.Ashurov hamda masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kadastr, kredit, bandlik masalalarida murojaatlar tushdi.

“TABIAT SAXOVATI” YARMARKASI

18 oktyabr – “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan shu yilning 15-19 oktyabr kunlari Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori”da “Tabiat saxovati” nomli yarmarka o‘tkazilmoqda.

Ushbu yarmarkada Narpay tumanining usta dehqonlari ham o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan qatnashishmoqda.
___________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM