Aholini ro‘yxatga olishning demografik xususiyatlari

              Aholining  “jinsi”, ”yoshi”  va  “nikoh holati” demografik xususiyatlari  turli  xil  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  masaladarni  tushunishga  yordam  berish  uchun ro‘yxatga  olish  boshqa  ma’lumotlarini  tasniflash  va  ularni  taqdim  etishda  muhim  hisoblanadi. Jins  va  yoshga  kelsak, bu  ma’lumot  ro‘yxatga  olish  doirasida  so‘rov  bilan  qamrab  olinadigan  har  bir  shaxs  bo‘yicha  ma’lumot  yig‘ilishi  shart.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  bunday  ma’lumotlar  tugallanmagan  hollarda, “aniqlanmagan”  javob  variantini  oldini  olish  maqsadida  shartli  yoki  qo‘shimcha  belgilardan  foydalanish  tavsiya  etiladi.

               Ro‘yxatga  olish  doirasida  har bir  shaxsning  jinsini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  kerak. Aholining  jinsi, yoshi  bilan  birga, aholi  sonining  boshqa  xususiyatlari  bilan  ko‘pincha  o‘zaro  tasniflangan  ro‘yxatga  olish  belgisidir. Shu  bilan  birga,  ushbu  uchun  ajratilgan  yacheyka  iloji  boricha  to‘liq  va  aniq  to‘ldirilishi  juda  muhimdir.  Aholi  jinsi  kesimida  ma’lumotlarning  taqsimlanishi  gender  statistikasini  tuzishning  asosiy  talablaridan  biridir. Kshpgina  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  xususiyatlarga  ko‘ra, ro‘yxatga  olish  jarayonida  to‘planishi  mumkin  bo‘lgan  ma’lumotlar, masalan, ta’lim, bandlik  holati, nikoh  holati, migratsiya, nogironlik  va  uy-joy  sharoitlari, odatda, jinsga  qarab  farq  qilishi  mumkin. Aholi  jinsi  yoshi  bilan  bir  qatorda, ro‘yxatga  olish va  boshqa  tadqiqotlar  doirasida  shaxslar  haqida  yig‘iladigan, shuningdek, boshqa  ma’muriy  hisoblar  tizimida  yuritiladigan  va  ushbu  ko‘rsatkichlarni  boshqa  ko‘rsatkichlar  bilan  birlashtirishda  aholining  kshpgina  ijtimoiy, demografik  xususiyatlarini  tahlil  qilishga  asos  yaratadi.

               Yosh  haqida  ma’lumot  olish  uchun  tug‘ilgan  kun  haqida  ma’lumot  to‘plash  tavsiya  etiladi. Bu ro‘yxatga  olish  vaqtida  aniq  yoshdagi  ma’lumotlarni  to‘plashdan ko‘ra  aniqroq  ma’lumot  olish  imkonini  beradi.  Tug‘ilgan  sana  haqida  ma’lumot  to‘plash  ma’lumotlar  jadvallarini  ikki  shaklda: tug‘ilgan  yil  va  to‘liq  yillar  sonini  ishlab  chiqishga  imkon  beradi.

              Nikoh  holati  mamlakatning  nikoh  qonunlariga  (yoki  urf-odatlariga) nisbatan  har  bir  shaxsning  oilaviy  ahvoli (ya’ni, nikoh  holati) deb  ta’riflanadi.  Har  bir  shaxsning  qonuniy  nikoh  holati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  kamida  15  va undan  yuqori  yoshdagi  shaxslarga  nisbatan  to‘planishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  turli  mamlakatlarda  qonun  bilan (yoki  an’analar,  urf-odatlar  asosida) belgilangan  eng  kam  nikoh  yoshi  bir  xil  emas,  chunki  aholi  boshqa  mamlakatlarda  turmush  qurgan  yoshlarni  o‘z  ichiga  olishi  mumkin.  Shuning  uchun, eng  kam  nikoh  yoshi  bo‘lgan  barcha  shaxslar  uchun  bunday  ma’lumotlarni  to‘plash  tavsiya  etiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM