Yangiliklar


TUMAN KENGASHINING SESSIYASI
12.10.2022 - 19:49Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab, III-chorak davomida hududlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda
IV-chorak ish rejasini taqdiqlash to‘g‘risida barcha sektor rahbarlarining maʼruzalari tinglandi.
# Munosabat
15.09.2022 - 11:37Ijtimoiy tarmoqda “Samarqand viloyati Narpay tumanida tadbirkorlarga imkoniyat berilmaydimi?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Unda tumandagi Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi tadbirkor Oybek Azimov faoliyatiga mutasaddilar tomonidan to‘sqinlik qilinayotgani taʼkidlangan.
Yaʼni bo‘sh va xaroba holatdagi yerni olib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O. Azimovga katta miqdorda jarima solingani haqida xabar berilmoqda.
Ahvol qanday kichkintoy? “UY BOG‘CHA”LARIDAGI HOLAT MUHOKAMA ETILDI
19.08.2022 - 11:49Bugun tumanimizda 202 ta nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Bundan aholi juda mamnun. Biroq, aksariyat oilaviy bog‘chalar shunchaki “xo‘jako‘rsinga” ishlayotgani va bu bo‘yicha aholi tomonidan haqli eʼtirozlar bildirilayotgani ham sir emas.
Shu bois tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ikki hafta mobaynida deyarli barcha oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi.
Bugun tuman hokimi oilaviy bog‘chalar rahbarlari ishtirokida ushbu o‘rganishlar natijalari yuzasidan muhokama olib bordi.
TUMAN KENGASHINING SESSIYASI
15.08.2022 - 18:52Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga daxldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirlar


