Янгиликлар

CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan bu galgi yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklar haqida so‘z bordi.

Tanqidiy ruhda olib borilgan yig‘ilishda shu kunga qadar bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator masʼullarga nisbatan choralar ko‘rildi.

YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Birlik mahallasining ichki yo‘liga ko‘prik qurilmoqda. Ushbu ko‘prik ko‘chada transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulaylik yaratadi.

Ayni pallada qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
__________

DIQQAT, EʼLON!

Narpay tumanining 95 yilligiga bag‘ishlab voleybol, futbol, muay-tay, badiiy gimnastika, kurash sport turlarlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqada har bir mahalla yoshlari o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Musobaqaning saralash bahslari 25-sentiyabrdan 28-sentyabrgacha davom etadi. Final bosqichi esa 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

NARPAY TUMANI “ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD”GA AYLANADI

Narpay misolida tumanni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha yangi tizim qanday ishlashi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsam. Ayni paytda tumanda 14 mingta mehnatga layoqatli aholi ish bilan taʼminlanmagan. Shu bilan birga, 4 mingta oila kambag‘al toifaga kiritilgan. Tumandagi mavjud 57 ta mahallaning 11 tasi qizil va 33 tasi sariq mahalla toifasiga kiradi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM