Янгиликлар

ALOHIDA EʼTIROF

“Ustoz-2021” milliy tanlovining final bosqichida "Umid timsoli" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan tumanimizdagi 47-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Mehriniso Norova bilan har qancha faxrlansak arziydi. U tumanimiz taʼlim tizimini xorijiy tillar yo‘nalishida yuqori pog‘onaga ko‘tarilayotganini isbotladi.

FAYZLI DAVRA

32-umum taʼlim maktabida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar tomonidan madhiyamiz tarixi, matn va musiqa mualliflarining hayot yo‘li haqida hikoya qilindi.

KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi B.Ahmedov 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” hamda “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.

BIR MUROJAAT IZIDAN

Yaqinda tuman hokimining yoshlar bilan o‘tkazgan audio suhbati davomida 40 dan ortiq murojaatlar tushdi.

Jumladan, Nog‘oraxona mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqaro Dilrabo Qodirova o‘zi istiqomat qilayotgan hududga hokimning tashrif buyurishi, muammolarni o‘rganishi yuzasidan taklif bildirgandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM