KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi B.Ahmedov 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” hamda “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida qonunlarimiz asosi bo‘lgan Qomusimiz baxtimiz, erkinligimizning kafolati ekanligi, Konstitutsiyaning har bir moddasi inson manfaatlariga xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi. Shu kabi jamiyat taraqqiyotiga tushov bo‘layotgan illat – korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, buning uchun qanday yo‘l tutish borasida tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM