Янгиликлар

BIRINCHI CHORAKDAGI ENG YAXSHI VA FAOL TUMAN (SHAHAR) BO‘LIMLARI ANIQLANDI

Bu haqda shu yilgi 15 aprel kuni viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda bayon qilindi. Boshqarma boshlig‘i A.Raimjanov o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati davomida barcha yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan va hamkasblariga namuna bo‘la olgan tuman (shahar) bo‘limlarini taqdirladi.

TADBIRKORLAR FAOLIYATIGA NAZAR

Tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari Feruz Iskandarov tegishli soha masʼullari hamrohligida “Mirbozor bozori” MCHJ bozoridagi tadbirkorlar faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

Ishbilarmonlarning muammolari va takliflari joyida o‘rganilib, aniqlangan masalalarga yechim topish choralari ko‘rildi.
_____

SAYYOR SUD MAJLISI

13- son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida IIO Probatsiya nazoratida turgan shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Sayyor sud majlisida dastlab jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi B. Ahmedov jamiyatimizda qonun ustuvorligi, jinoyatga jazo muqarrarligi yuzasidan so‘z yuritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM