Янгиликлар

HOKIM VA YОSHLAR UCHRASHUVI

Tuman hokimi Turon hamda Iymon mahallalarida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Tegishli masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan oliy taʼlim uchun shartnoma to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam, elektr energiyasi va tabiiy gaz masalalarida murojaatlar tushdi.

BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILDI

17-umumtaʼlim maktabida fundamental (ona-tili, matematika, informatika, kimyo, biologiya, fizika va geografiya) fanlardan mobil metodik guruh aʼzolarining bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

519 nafar pedagogning bilimlarini Samarqand davlat universitetining professor- o‘qituvchilari va viloyat xalq taʼlim boshqarmasi mutaxassislari baholab borishdi.

BIRDAMLIK SAMARASI

Bir maqsad yo‘lida birlashgan mahalla ahli har qanday masalaga yechim topishadi.

Ahillik mahallasi fuqarolari o‘zlari uchun yana bir qulaylik yaratdilar. Ular hashar yo‘li bilan hududga yangi transformator va 8 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatishdi.
______

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM