Янгиликлар

PAXTA YIG‘IM-TERIMI AVJIDA

Xolmo‘min Daminov nomli fermer xo‘jaligi aʼzolari bu yil 63,2 gektar maydonda paxta yetishtirishdi. Bobodehqonlar 237 tonna “oq oltin” saranjomlab, xirmonga topshirishni rejalashtirishgan.

Ayni paytda paxtalar qiyg‘os ochilgan dalalarda yig‘im-terim uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
________

SAYYOR QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 21-oktabr kuni soat 11-00da Paxtachi tumani hamda soat 14-30da Narpay tumanlarida tuman Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan “Sayyor qabul"i o‘tkaziladi.

#Yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbirlar respublikamiz bo‘ylab bugundan boshlandi.

Loyiha doirasida yil yakuniga qadar 400 minga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM