Янгиликлар

XIZMAT QATʼIY INTIZOMDAN BOSHLANADI

Milliy gvardiyaning viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan tuman IIB YHX, Narpay hamda Paxtachi tumanlari qo‘riqlash bo‘limlari xodimlari ishtirokida  "Yo‘l intizomni yoqtiradi", shu kabi “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish” mavzularida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

ELEKTR ENERGIYASI BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLASH MAQSADIDA

Tuman aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida  bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, shu yilning o‘zida tegishli dasturlar doirasida Yangiariq, O‘zbekkent, Barkamol, Tepa, Chaykal, Sarbozor, Xo‘jaqo‘rg‘on mahallalariga 9 ta yangi transformatorlar o‘rnatildi. Yil yakuniga qadar yana 10 ta transformator keltirilib, belgilangan manzillarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

“JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT”

Ikkinchi kasb-hunar maktabida tumandagi kasb-hunar maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlari ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Boymurodov, tumani hokimligi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

BAYRAMONA DASTURXON BEZATILDI

Nogironligi bor fuqarolarning qo‘llab-quvvatlanishi yurtimizda inson qadri har narsadan ustunligidan dalolatdir.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Qahramon” bazmgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda nogiron fuqarolarga ehtirom ko‘rsatildi. Ular uchun bayramona dasturxon yozilib, osh tortildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM