Янгиликлар

MAHSULDOR UZUNQULOQ ECHKILAR

Qozikentlik Abror Sayfullayev Pokiston davlatidan "Kamori" zotli uzunquloq echkilarni olib kelib, ko‘paytirmoqda.

Bunday naslli echkilar Pokiston, Hindiston va arab davlatlarida keng tarqalgan. Bir kunda 5-8 litrgacha sut beradi. Go‘shtlik uchun boqilganda 60 kilogrammdan 140 kilogrammgacha yetishi mumkin.

PROFILAKTIK SUHBAT

O‘zaro nizosi bo‘lgan yigitlar “Mirbozor bozori” MCHJ bozoriga kirish darvozasi yonida mushtlashdilar. Natijada ulardan biri tan jarohati oldi.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Salovat mahallasi fuqarolari va janjalkash yigitlarning yaqinlari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu jinoyat ishi muhokama etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM