Янгиликлар

YANGI LOYIHA – YANGI IMKONIYATLAR

“OQSAROY PROFIL GOLD” korxonasi ish boshlash arafasida. 4 milliard so‘m mablag‘ hisobiga ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonada armatura ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Yiliga 4000 tonna armatura ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan loyiha amalga oshirilishi bilan esa ikki smenada 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘QUV SOATI

Tuman hokimligi majlislar zalida navbatdagi "Siyosiy-maʼrifiy o‘quv soati" bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdilar.

O‘quv soatida O‘zbekiston Respublikasida saylovlarning o‘tkazilish tartibi va prinsiplari, shuningdek Konstitutsiyaviy savodxonlik ruknlar xususida so‘z yuritildi.
_______

Hurmatli Narpayliklar!

Ertaga – 8-iyul kuni tumandagi “Mang‘it” mahallasida joylashgan Mushkent oilaviy shifokorlar poliklinikasida Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasining malakali vrachlari tomonidan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

Qabul vaqti ertalab 09:00 dan  17:00 ga qadar davom etadi. 

XORIJIY KORXONA ISH BOSHLADI

“ZHONGGUO HUAXU VOOD INDUSTRY” xorijiy korxonasi tumanimizda ish boshlash arafasida ekanligi, Xitoylik investorlar tomonidan 3 million AQSH dollari hisobiga ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonada faner, yog‘ochdan plita va panellar ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi haqida xabar bergan edik.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM