“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS" DASTURI TADBIRKORLAR TAYANCHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Narpay tumanida ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda tadbirkorlar, tadbirkor bo‘lish istagidagi fuqarolar, hokim yordamchilari, shuningdek, ATB "Mikrokreditbank" Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshqaruvchisi Otabek Abduraxmanov hamda viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i Sharofiddin Abdiyevlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Boliyev Farmonning mazmun-mohiyati hamda dastur doirasida Narpay tumanida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar haqida slaydlar orqali keng tushuncha berdi.

Seminar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM