QISHLOQ KO‘CHALARINI KEZIB...
19.10.2021 - 12:44Tuman hokimi Do‘stlik mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning muammolari, takliflarini o‘rgandi.
Нарпай туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Tuman hokimi Do‘stlik mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning muammolari, takliflarini o‘rgandi.
Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti korxonasiga 135 dona qo‘shimcha yangi suyultirilgan gaz ballonlari keltirildi.
Shu kunga qadar navbatda turgan fuqarolarga galma-gal gaz ballonlari tarqatiladi. Bu hali hammasi emas, yil oxiriga qadar yana yangi ballonlar keltirilishi ko‘zda tutilgan.
___
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tuman xalq taʼlimi bo‘limi hamda 59-umumtaʼlim maktabi jamosi hamkorligida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir uyushtirildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari turkiy til tarixiga oid sahna ko‘rinishlari, sheʼr va qo‘shiqlar ijro etdilar.
Xo‘jakorzon mahallasining maʼmuriy binosi davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etildi. Shinam binoda to‘rtta xizmat xonasi va bitta yirik zal tiklandi.
Bugun ushbu inshootning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, prokuror va masʼullar, nuroniylar, mahalla faollari qatnashdilar.
Tuman hokimi odatdagidek haftaning yangi ish kunini tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlarini o‘rganishdan boshladi. Birinchi sektor shtabida sektor rahbarlari va masʼullar hamrohligida o‘tkazilgan qabulda tadbirkor hamda fuqarolar tomonidan kadastr, yer ajratish, moddiy yordam, sog‘ligini tiklashda amaliy ko‘mak masalalarida murojaatlar tushdi.