Янгиликлар

GALDAGI O‘QUV-SEMINAR

Tuman tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari o‘rtasida navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda xodimlarga ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, tashkilot faoliyatiga oid postlarga munosabat bildirish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Aziz Narpayliklar!

Har kuni soat 7:00 da Samarqand teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Assalom Samarqand” tonggi dasturining 21 oktyabr kungi sonini o‘tkazib yubormang!

Unda tuman madaniyat bo‘limi rahbari, xonanda Xurshid Gadayev hamda Narpaylik sanʼatkorlar jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan ishtirok etadilar.
__________

TIL BAYRAMI NISHONLANDI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir avvalida yig‘ilganlarni tuman hokimi Sherzod Rahmonov til bayrami bilan tabrikladi. O‘zbek tilini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator pedagoglarni tuman hokimligining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Seminar

“YER HAYDASANG KUZ HAYDA...”

Xalqimizda “Yer haydasang kuz hayda – kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor. Buning maʼnosi esa vaqtida shudgorlanmagan dalani keyinchalik yuz marta haydasang ham foydasi yo‘q, deganidir.

⁉️ Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa boʻladimi?

Saylovchining ushbu xatti-harakatlari qatʼiyan taqiqlanadi. Saylov byulletenini ovoz berib boʻlgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir. Hozirgi kunda barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash toʻgʻrisidagi plakatlar joylashtirilmoqda. 

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM