Янгиликлар

XUNUK MANZARA

"Samarqand suv taʼminot" masʼuliyati cheklangan jamiyatning Narpay tumani bo‘limi idorasi xonalaridagi tartibsizlik, hovlidagi eski qurilish ashyolari, chiqindilar uyumi bu yerda yaqin orada obodonchilikka qo‘l urilmaganligini anglatadi. Hovlisi chiqindixonani eslatadi. Xonalarining suvog‘i ko‘chgan, elektr simlari osilib yotgan devorlari ostida qanday qilib bemalol ishlash mumkin? Nahotki, bu xunuk manzaradan hech kimning tinchi buzilmaydi?

MAQSAD – HUDUDNI YANADA OBODODLASHTIRISH

Tuman hokimi Sherzod Rahmonov boshchiligida barcha sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari Kattaqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh hududda to‘planishdi. To‘planganlar avtobusda yurib, tumanimiz hududidan o‘tgan M-37 yo‘li hamda Mirbozor-Oqtosh yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Sayyor qabul

MAHALLA AHLINING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Tuman hokimi to‘rtinchi sektor rahbari – tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida Narpay mahallasi ahli bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM