Янгиликлар

“TAFAKKUR” JAMOASIGA OFARIN!

17-umumtaʼlim maktabining “Tafakkur” jamoasi fan oyligi doirasida huquq fanidan o‘tkazilgan "Mening huquq va majburiyatlarim" respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Maktabning huquq fani o‘qituvchisi Vahob Usmonov boshchilik qilayotgan jamoa ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
_____

“KIBERSPORT” MUSOBAQASI

"Yoshlar forumi - 2021" tadbirlari doirasida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va tumandagi IT markazi hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Kibersport” musobaqasi o‘tkazildi.

61-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada "UzPro", "Fedanza", "Samspeker" jamoalari o‘zaro bellashdilar. "UzPro" jamoasi aʼzolari barcha jamoalar ustidan g‘olib keldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM