Янгиликлар

MAKTABDA “ZAKOVAT” O‘YINI

32-umumtaʼlim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Taʼkidlash lozimki, bilim borasida o‘quvchilar jamoasi o‘qituvchilardan qolishmadi, hisob. Bellashuv so‘ngigacha izlanishda davom etgan yoshlar oxirgi pallada ustozlariga imkoniyatni boy berib qo‘ydilar.

PREZIDENT SOVG‘ASI O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILMOQDA

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish, ushbu toifa vakillarining Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda va munosib nishonlashini taʼminlash maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM