Янгиликлар

HOKIM VA YОSHLAR

Tuman hokimi DXX masʼullari, xalq qabulxonasi mudiri va tegishli tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Tortuvli mahallasida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

ARIQLAR QAZILMOQDA

Narpay tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh suv yo‘llari va ichki ariqlarni qazish, tozalash ishlari yuzasidan yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda. Kuni kecha "Narpay Salovat tayanch" MMTPga qarashli uzunligi 4,7 kilometrlik ariqni qazish borasida mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Shu kabi ariqning 930 metrlik muammoli qismi “Maroqand sifat” MCHJ klasteriga tegishli maxsus texnikasi yordamida qazildi.

TIBBIYOT SOHASI TAHLIL QILINDI

Tuman hokimligining ishchi guruhi ish rejaga asosan, markaziy shifoxona, poliklinika va boshqa tibbiyot muassasalari faoliyatini vakolat doirasida o‘rgandi.

Tuman tibbiyot birlashmasida esa sohaning masʼul vakillari, bo‘lim mudirlari, shifokoru hamshiralar ishtirokida ishchi guruhning o‘rganish natijalari muhokama etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM