Янгиликлар

#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Tortuvli”ning abgor yo‘llari qachon yaxshi bo‘ladi?” sarlavha ostida tahrirsiz murojaat tarqaldi. Unda “Oqtosh-Oltio‘g‘il” yo‘nalishidagi yo‘lning Tortuvli mahallasi hududidan o‘tgan qismi taʼmirtalabligi bayon etilgan.

#TAYINLOV

Islomov Gayrat Omonovich –  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati Narpay tumani bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

SHOHSUPA SARI YO‘L

Toshkent shahrida  sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha jahon chempionatiga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tumanimizdan 6 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, ular orasida Nozima Davlatovaning bahslarda qo‘li baland keldi. Sportchimiz shu yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.
______

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni shu yilning 12 fevral kuni soat 10:00da tuman davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining investitsiyalar kiritilishi tartibi to‘g‘risida tuman hokimligi masʼul xodimlari ishtirokida o‘tkaziladigan uchrashuvga taklif etamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM