Янгиликлар

ATROF YASHILLIKKA BURKANSIN

Tumanimizda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari davom etmoqda. Bugun tuman bo‘yicha 100 ming donadan ortiq terak qalamchalari ekildi.

Bu esa shuncha miqdordagi daraxt o‘sib, atrofni yashillikka burkaydi, degan gap.
____

Seminar

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

Tuman hokimligida hokimlik apparat xodimlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

NARPAYDA ILK NIHOL UNIB CHIQDI

Paxtachilikda “Narpay metodi”, degan ibora bor. Bu azaldan tumanimiz dehqonlarining g‘o‘za parvarishida o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lishganligini anglatadi.

Vahob Ravshanov nomli fermer xo‘jaligining 62 gektar maydoniga chigitning “Sulton” navi ekilgan. Dala mehnatkashlarining mavsum masʼuliyatini his etib, chigit ekish agrotexnikasiga qatʼiy rioya etishgani va bu jarayonni sifatli amalga oshirishgani sabab yerdan bexato nihol unib chiqdi.
__

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM