Янгиликлар

Hurmatli fuqarolar!

MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT

Ertaga – 11-may kuni ikkinchi son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tadigan mehnat yarmarkasiga tumanimiz fuqarolarini taklif qilamiz.

Ushbu yarmarka soat 10:00 da boshlanadi.
_____

“ISHONCH” DO‘KONI ISH BOSHLADI

So‘ngi yillarda tumanimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo majmualari foydalanishga topshirilmoqda.

Oqtosh shahrida “Ishonch” do‘konlar tarmog‘ining 78-filiali ish boshladi. Ushbu savdo do‘konida 3000 turdagi jihozlar naqd pul va kredit hisobiga sotuvga chiqariladi.

EʼTIBOR, QADR!

Erta tongda "Ko‘zi ojizlar" jamiyati aʼzolari maxsus avtobusda Nurota ziyoratgohiga sayohatga jo‘nab ketdilar.

Hokimlik tomonidan tashkil etilgan sayohatga yo‘l olganlarni tuman hokimi Sherzod Rahmonov oq yo‘l tilab kuzatdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM