Янгиликлар

Hashar – elga yarashar

AHILLIKDA GAP KO‘P

Toshko‘prik va Xo‘jaqo‘rg‘on mahallalariga olib boruvchi asosiy yo‘l to‘liq asfaltlandi. Bugun har ikkala mahalla ahli yo‘l atrofini beton qorishma bilan qoplab, piyodalar uchun yo‘lakcha barpo etishmoqda.

NAVBAT RESPUBLIKA BOSQICHIGA

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stritbol (street ball) turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichida Narpaylik yoshlar ham ishtirok etishdi.

16-21 yosh toifasida tumanimizning Farovon mahallasi yoshlari jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

EʼLON

Bugun – 31-may kuni tuman hokimining o‘rinbosarlari tegishli masʼullar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabullar o‘tkazishadi.

NARPAYLIK PILLAKORLAR UDDALADI

“Samarqand silk AO" masʼuliyati cheklangan jamiyati 310 tonna 318 kilogramm pilla qabul qilib, rejani viloyatda birinchilar qatorida bajardi.

Narpay tumanining joriy yil uchun pilla topshirish rejasi 310 tonna ekanligini inobatga olsak, reja 100,1 foizga bajarilganligini anglatadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM