Янгиликлар

PROFILAKTIK SUHBAT

Dedan mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, hech bir sababsiz, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidagi 4 million so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘qolib qolganligini bildirgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

FUQAROLAR UCHUN QABUL

Fuqarolar muammolarini o‘rganish, masalalarini yechishda ularga ko‘maklashish maqsadida Xalq qabulxonasida qabul bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda 30 dan ortiq turli mavzudagi masalalar ilgari surildi.

HAR BIR FUQARO UCHUN QAYG‘URAMIZ

Tuman Ichki Ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda, viloyatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Hamkor” profilaktik tadbiri yuzasidan nazoratdagi shaxslar uchun "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil qilishdi.

KO‘P QAVATLI UYLARDAGI SHAROIT O‘RGANILDI

Tuman hokimi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, u yerdagi odamlarning yashash tarzi va haqiqiy holatni o‘rganish maqsadida uchinchi sektor rahbari, qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bo‘limi va "Smart Oqtosh boshqaruv servis" MCHJ boshlig‘i hamrohligida Islomobod hamda Tinchlik mahallalari hududlaridagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holatini o‘rgandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM