Янгиликлар

QABUL BOSHLANDI

Birinchi sektor shtabida tuman hokimi va sektor rahbarlari fuqarolar hamda tadbirkorlarni qabul qilib, murojaatlarini o‘rganishmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan faoliyatini kengaytirish uchun yer, kredit masalalari ilgari surilayotgan bo‘lsa, moddiy yordam, kadastr, bandlikni taʼminlashlarini so‘rab, murojaat etayotgan fuqarolar ham bor.

O‘RMON XO‘JALIGI TASARRUFIDAGI YERLAR HOLATI O‘RGANILDI

Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tumanimiz hududida ham 369 gektar (shundan 110 gektari suvli yer) maydonda o‘rmonzor tashkil etilgan. O‘rmon xo‘jaligining O‘zbekiston massivi hududidagi qismida tuman hokimi sektor rahbarlari hamrohligida Kattaqo‘rg‘on-Narpay davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i, tegishli masʼullar hamda o‘rmondan ijara asosida foydalanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM