Янгиликлар

BUXORO TOMON YO‘L

Tuman hokimi bilan o‘tkazilgan audio suhbat chog‘ida pedagoglar tomonidan yurtimizdagi tarixiy shaharlarga o‘qituvchilar uchun sayohat uyushtirish taklifi bildirilgan edi. Taklif maʼqullandi, albatta.

Bugun maxsus avtobusda tumandagi eng ilg‘or o‘qituvchilardan iborat sayyohlar Buxoro shahriga sayohatga otlandilar.
______

KICHIK SANOAT ZONASIDA

Tuman hokimining o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan  Jo‘rabek Suyunov Muqimiy mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasi bilan tanishdi. Shu kabi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida ularning muammo va takliflari o‘rganildi.
_____

YОSHLAR BILAN UCHRASHUV

Tuman hokimi o‘rinbosari Do‘stmurod Nosirov, DXX masʼullari Qoziyoqli mahallasi yoshlari bilan uchrashdilar.

Tegishli korxona, tashkilotlar masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda fuqarolar tomonidan kadastr, bandlik, maktabga qo‘shimcha laboratoriya jihozlari  masalalarida murojaatlar tushdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM