Янгиликлар

“YOSHLAR OVOZI” TANLOVI

Tepa mahallasida "Besh tashabbus  olimpiadasi" doirasida  “Yoshlar ovozi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 60 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, baxshichilik sanʼati, opera, anʼanaviy ijro hamda estrada yo‘nalishlarida o‘zlarini sinab ko‘rdilar.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi  tadbirlar davom etmoqda.
________

Seminar

KO‘CHAT EKIB, BOG‘ YARAT!

Ikkinchi sektor shtabida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat ekishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

SOHIBADAN HOL SO‘RALDI

Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan fuqarolar qabulidan so‘ng  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamrohligida Totkent mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqaro Sohiba Quvonovaning xonadoniga tashrif buyurdi.

DXX KUBOGI UCHUN

Shu yilning aprel oyidan boshlab, yurtimizning har bir go‘shasida mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun – 5 aprel kuni tumanimizda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasiga start berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM