YANGI SOHADA HAM YIRIK SANOAT LOYIHASI ISHGA TUSHMOQDA

To‘qimachilik sanoati yengil sanoatning tabiiy va sunʼiy tolalardan turli gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmoq bo'lib, undagi chiqindilarining barchasini qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarish hozirgi davr talabi hisoblanadi.

Sanoatda xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdagi tanqislik, ayrim turdagi to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlashda arzon bo‘lgan chiqindilar va ikkilamchi xom ashyodan foydalanish masalasiga jiddiy eʼtibor berishni talab etadi.

Tumanimizda ham, "Maroqand sifat" MCHJ tomonidan qiymati 2 million dollarlik xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan respublikamizda birinchilardan bo‘lib, paxtani qayta ishlashdan chiqadigan chiqindi mahsulotlaridan zamonaviy ip kalava ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda, Turkiya hamda Xitoy davlatlaridan barcha zarur, zamonaviy uskunalar olib kelindi va korxona binosi shay holatga keltirildi.

Uskunalarni o‘rnatish hamda  tayyorlash ishlari yakuniga yetkazilganidan so‘ng, bu loyihada ham may oyi yakuni bilan 200 nafar tumandoshimiz uchun yangi ish o'rni yaratilishi kutilmoqda.

Tuman hokimi prokuror hamda investitsiya sohasidagi masʼullar hamrohligida, korxona rahbarlari bilan yangi loyihani amalga oshirishdagi jarayon bilan tanishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM