NARPAYLIK MUSIQACHI XITOY DAVLATINING NUFUZLI FILARMONIYASIDA FAOLIYAT BOSHLADI

Bobur Sobirov, tumanimizdagi Islomobod mahallasida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. 6 yil davomida 13-son musiqa va sanʼat maktabining fortepiano va fleyta sinfida tahsil olgandan so‘ng, avval litsey, keyin esa O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlagan. O‘quv yillari davomida ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Eʼtiborlisi, 2024 aprel oyida unga Xitoy davlatidagi Xunan provinsiyaning Jang Ze shahrida ishlash taklifi bildirildi.

Ayni paytda B.Sobirov shartnoma asosida Xitoy davlatining eng nufuzli filarmoniyasida faoliyat yuritmoqda.

Yosh va iqtidorli tumandoshimizning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM