USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA MARKAZIDA

Tuman Ichki ishlar bo‘limida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli masʼullar ishtirokida birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish holatlari muhokama qilindi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahallalarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilish doirasida sohadagi ustuvor vazifalar, belgilangan rejalar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Xizmatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM