Kichik sanoat zonalari – iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligining muhim vositasi

Bugun kunning ikkinchi yarmida tuman hokimi tuman prokurori va tegishli masʼullar hamrohligida tumanimizdagi “Tepa” hamda “Muqimiy” kichik sanoat zonalarida bo‘lib, u yerda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, dastavval ularning muammo va takliflari tinglandi. So‘ngra, tadbirkorlar orasida statistik hisobotlarni hajmsiz ko‘rsatgan va umuman topshirmagan, belgilangan tartibdagi investitsion majburiyatlarni bajarmayotgan tadbirkorlarga bu hatti-harakatlar amaldagi tartibga xilof ekanligi tushuntirildi.

Shu kabi, soliqdan qarzdorligi bor ishbilarmonlarga ham soliq to‘lovlarini amalga oshirishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar foydalanayotgan yerlar belgilangan qonunchilik asosida imtiyozlar bilan ajratilgani, shunga muvofiq yangi loyihalarni ishga tushirib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishlari va albatta yangi ish o‘rinlariga masʼul ekanligi yana bir bor eslatildi.

Bunda, yuqori tashkilotlar tomonidan ham qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.

Shu qatorda, har bir kichik sanoat zonasidagi loyihalarga tumandagi aloqador tashkilot rahbarlaridan masʼullar ko‘mak uchun biriktirildi.

Bundan tashqari, joriy hafta davomida Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida, tumanimiz tadbirkorlaridan tashkil topgan delegatsiya safari bo‘yicha kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM