YASHIL MAKONGA HISSA QOʻSHAYLIK

Tumanimizda "Yashil makon" loyihasi asosida bahor mavsumidagi ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Barcha hududlarda, tashkilotlarda va mahallalarda manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Jumladan, tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan M37 yo'li yoqasiga 500 dan ortiq katalpa daraxti ko‘chatlari ekildi.

Bu kabi ishlar tuman bo‘ylab joylarda davom etadi.

Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududda hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizda ko‘chat o‘tqazib, yashil makon yaratishdek xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM