MILLIY QADRIYATLAR - BEBAHO MEROSIMIZ

Tumanimizning 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘qituvchisi Nargiza Xolmirzayeva 24 yildan buyon zardo‘zlik bilan shug‘ullanadi.

Shu vaqtga qadar 100 dan ortiq shogird yetishtirgan hunarmand "Zardo‘zlar va zargarlar" xalqaro festivalida ham faxrli o‘rinni egallagan.

Bundan tashqari, bir qator respublika miqyosidagi tanlovlarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Xozirda yana 15 nafar o‘quvchi yoshlar hunarmand opadan zardo‘zlik sirlarini o‘rganib bormoqda.

Kelajakda esa, Nargiza opa milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan zardo‘zlik sanʼatini kengroq miqyosda rivojlantirishga hissa qo‘shish niyatida.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM