NAJOT – TAʼLIMDA, NAJOT – TARBIYADA, NAJOT – BILIMDA!

Qay bir rivoj­langan mamlakat tajribasiga nazar tashlamaylik, taʼlim-tarbiya ishiga jiddiy eʼtibor qaratilganligi tufayli muvaffaqiyatlarga erishilganiga guvoh bo‘lamiz.

Bugun, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Shaxzod Eshonqulov tuman hokimi va tegishli masʼullar hamrohligida maktab va bog‘cha direktorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Dastlab, ona tili va adabiyot fanlari yo‘nalishida respublika fan olimpiadasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 31-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Muhlisa Neʼmatullayeva va uning ustozi Gulandon Xolmonovalar eʼtirof etilib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng tumanda ta‘lim tizimida olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahlil qilindi. Yutuq bor joyda kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Maktablarda o‘quvchilarni fan va turli to‘garaklarga jalb etilmaganligi, maʼnaviyat indikatoriga to‘g‘ri yondashilmayotganligi, davomatning pastligi haqida yuqori tashkilotlarga noto‘g‘ri maʼlumot berilganligi aniqlangan maktablar tanqid ostiga olindi.

Shu kabi tarbiyalanuvchilarni bilim darajasini oshirish borasida to‘garaklar tashkil etilmagan, ish hujjatlarida kamchiliklari bor va ish vaqtida boqa hududda bo‘lgan bog‘cha direktorlari o‘qib eshittirildi.

Uchrashuv so‘ngida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator ishlar yuzasidan topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM