“BIR MAHALLA — BIR MAHSULOT” TAMOYILI AMALDA

Beklar mahallasida yashovchi Rustam bobo Rabbimov o‘z xonadonidagi 20 sotixli tomorqasidan unumli foydalanadi. U mehnati evaziga tomorqasidan bir yilda 3 marta hosil olib, 40-45 million daromad olmoqda.

Bundan tashqari nafaqat o‘z mahallasi, balki butun tuman bo‘ylab karam ko‘chatlarini yetkazib beryapti.

Viloyat masʼullari, tuman prokurori, mahalla xodimlari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida karam yetishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Unda, aholi tomorqasidan unumli foydalangan holda yuqori daromad ko‘rish mumkinligi borasida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM