TUMANIMIZ KO‘RKAMLIGIGA BARCHA MASʼUL

Tuman hokimi o‘rinbosarlar, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida tumanimiz markazi sanalgan Oqtosh shahri va M 37 asosiy yo‘l yoqasi bo‘ylab tadbirkorlik subyektlari, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli turar joy majmualari hamda yo‘l yoqalaridagi holat bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar davomida, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekish, aholi xonadonlarining tashqi qismini tartibga keltirish, gulzorlashtirish kabi yana bir qator masalalar bo‘yicha har bir mahallada amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu qatorda, shahar hududida piyodalar va veloyo‘laklarni ko‘paytirish, bundan tashqari, imkoniyati cheklanganlar harakatlanishi uchun to‘siqsiz yo‘laklar bunyod etish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, gulzorlashtirish va ko‘chat o‘tqazish uchun mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, betonlab qo‘ygan tadbirkor hamda fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Barcha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosini taʼminlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilab berildi.

Bu kabi o‘rganishlar tumanimiz bo‘ylab bir qator mahallalarda olib borildi.

Taʼkidlash joizki, o‘z hududimizni obod qilish, ozoda saqlash har birimizning burchimiz sanaladi. Shuni unutmagan holda, barchamiz hozirda ilgari surilayotgan islohotlar va olib borilayotgan ishlarda faol bo‘lishimiz darkor.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM