ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN HOSILDORLIK YANADA OSHADI

O‘zbekiston MMTP hududidagi "Muhabbat ona" fermer xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

"Maroqand sifat" MCHJ irrigatsiya bo‘limi xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan seminar davomida suv tejamkorligi hozirgi kunning dolzarb mavzularidan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orishning qulayliklari hamda hosildorlikning oshirish choralari borasida tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM