YANGI KORXONALAR FAOLIYATI BO‘YICHA PRESS TUR

Tuman hokimligi va "Navqiron Narpay" gazetasi masʼullari hamkorligida tumanimizda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari faoliyati bo‘yicha press tur bo‘lib o‘tdi.

Press tur ishtirokchilari tez orada ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Narpaytex” MCHJ tikuv sexida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Sherali Aliyev, birvarakayiga 400 kishini ish bilan taʼminlay oladigan bu korxona tumanimizning iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yana-da oshirishda va aholi bandligiga ko‘maklashishda muhim o‘rin tutishi xususida so‘z yuritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM