Tuman hokimligi va "Navqiron Narpay" gazetasi hamkorligida tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan press-tur bo‘lib o‘tdi.
Unda hududlardagi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi inshootlar, xususan, Barkamol mahallasidagi suv inshooti faoliyatiga nazar solindi.
Shuningdek, press-tur davomida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dostonbek Ziyodullayev o‘tgan 2023-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar, joriy yilda bajarilishi ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar hamda rejalar xususida maʼlumot berdi.