OLTIO‘G‘ILLIKLAR KARTOSHKACHILIKNI RIVOJLANTIRISHMOQCHI

Bugun kun avvalida tuman hokimi Oltio‘g‘il mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi, ko‘chaboshilar va masʼul tashkilotlar vakillari bilan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida o‘rganish olib bordi.

Bunda, obodonlashtirish, hududlarni yashil makonga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi ishlarini yana-da jadallashtirish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, aholi tomorqalarida poliz ekinlarini ekish borasida qay darajada ish ketayotgani bilan qiziqib, xonadonlar holatiga nazar solindi.

Fayzli, obod xonadonlar mahalla ahliga namuna qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, hali-hamon bahorgi ishlar boshlanmagan xonadonlar holati tanqid ostiga olindi.

Xususan, ushbu mahallaning ziyoli nuroniylaridan bo‘lgan qariyb 80 yoshni qarshilagan Rahmatilla bobo Daminov xonadonida bir mahalla bir mahsulot tamoyili ostida amalga oshirilgan ishlar eʼtirof etildi.

Shundan so‘ng, faollar va fuqarolar ishtirokida ushbu mahalla tomorqalarida bir mahalla, bir mahsulot tamoyili asosida ekinlar yetishtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla ahli bilan birinchi ekin uchun kartoshka, ikkinchisi uchun bo‘lsa, pomidor mahsulotlarini yetishtirishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, soliq va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida ushbu mahalla hududida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha jinoyat muhokamasi ham bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM