MENEJERLIK O'QUV KURSI BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI

Ma'lumki, joriy yilda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Unda zamonaviy rahbarlar uchun faoliyati davomida zarur bo'ladigan ko'nikmalar nazariy va amaliy jihatdan uyg'unlashgan holda o'qitilmoqda.

Mazkur o'quv kursining dastlabki mavsumi davomida 105 nafar nomzodlarga ta'lim berildi. Shundan 64 nafari mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlab,
"ilk qaldirg‘ochlar"  sertifikatga ega bo‘ldi.

E'tiborlisi shuki, ular orasida tumanimizdagi 41-umumta'lim maktabining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruz Amontoshev ham ushbu sertifikatga sazovor bo'ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM