YANGI TEXNOLOGIYALAR HOSILDORLIK YANADA ORTISHI UCHUN XIZMAT QILADI

Islom Shoir MMTP hududidagi “Shodmon Quvonov” fermer xo‘jaligida chigit ekish jarayonini yangi texnologiyalar asosida olib borish va ushbu mavsumga ko‘rilayotgan umumiy tayyorgarlik yuzasidan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, Paxtachilik kengashi mutaxassislari, paxtachilikga ixtisoslashgan agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan seminarda chigit ekishda arzon, ekologik toza, yangi resurslar hamda tejamkor texnologiyalarni qo‘llash lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, bu boradagi yangi texnologiyalardan biri “UZGUMI, FITOVAK, BIODUKS” preparatining ilmiy asoslangan tavsifi, qulayliklari, foydali jihatlari aytib o‘tildi.

Shu qatorda, tuproqning yetilishi bilan chigit ekiladigan maydonlarni ekinga tayyorlash va bu bo‘yicha zarur agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM