HOKIM KUBOGI MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI

Yoshlar oyligi doirasida sportning minifutbol turi bo‘yicha "Hokim kubogi" sport musobaqasining tumanlararo final bosqichi o‘tkazildi.

Unda, jami 10 ta Narpay, Xatirchi, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Navoiy shahrining futbol jamoalari g‘oliblik uchun to‘p surishdi.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin tumanimizning Qoziyoqli, 2-o‘rin Toshko‘prik, 3- o‘rin bo‘lsa, Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi.

Bellashuv so‘ngida g‘olib jamoalarga kubok, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bu kabi musobaqalardan ko‘zlangan maqsad yoshlarni sportga jalb qilish va aqliy hamda jismoniy yuksaltirishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM