96 YOSHLI ONAXONNING IFTORLIK DASTURXONI

Muruvvat, ahillik, hamjihatlikni ifodalovchi muborak va fazilatli Ramazon oyida keksa va kam taʼminlangan, ijtimoiy muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan bir qator xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunday tadbirlarning biri tumanimizning Navro‘z mahallasidagi fayzli xonadonlardan birida tashkil qilindi.

Shukronalik hissi va mehr-oqibatga to‘la bu xonadonda 17 yildirki to‘shakda qolgan, nogironligi bo‘lgan Dildora Mamadiyorova hamda ko‘z xastaligi sabab 1-guruh nogironi sanalgan 96 yoshni qarshilagan Ashur momo oilasi bilan istiqomat qiladi.

Tuman hokimi nuroniylar va faollar hamrohligida ularning holidan xabar olib, ushbu xonadonda tashkil qilingan kamtarona iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.

Fayzli dasturxon atrofida ko‘pdan-ko‘p yaxshi tilaklar bildirilib, duolar qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM