Tuman nuroniylar maskanida hashar yo‘li orqali joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari tez kunlarda yakunlanib, bino yana-da zamonaviy va qulay sharoitlarga ega holda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tuman nuroniylari tomonidan ushbu maskanda yashil makon loyihasi asosida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ham o‘tqazildi.
Tumanimizda yashil hududlarni yana-da ko‘paytirishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan faol oqsoqollar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar barchaga o‘rnak bo‘la oladi.