OLG‘A YURTIM YOSHLARI, KELAJAKNI SIZ QURASIZ

Toshkent shahrida O‘zbekiston Shinkiokushinkay karate markazi tomonidan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Otabek Abdurahimov, Kumush Abdurahimova hamda Shoxrux Azamatovlar o‘z vazn toifalari bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Eʼzoza Murodullayeva 2- o‘rinni, Dilshod Norqobilov 3-o‘rinni va Bunyod Ibrohimov, Nigina Murodullayeva, Bobur Nosirov hamda Jafar Sidqulovlar ham faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaxshi natijalarni qayd etishdi.

Bu kabi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishish ortida tinimsiz mashqlar, mehnat va tayyorgarlik yotadi albatta. Biz bu yosh sportchilar qatori tumanimizning barcha yoshlariga harakatdan, izlanishdan, olg‘a borishdan to‘xtamasliklarini, mehnatlar samarasi kun kelib albatta ulkan yutuqlarga aylanishi aniqligini eslatib o‘tmoqchimiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM