TAJRIBA ALMASHISH - RIVOJLANISH OMILI

Yurtboshimizning Andijon viloyatiga tashrifidan so‘ng, Narpay tumani hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida bir qator masʼullaridan tarkib topgan delegatsiya Andijon viloyati Xonobod shahridagi Yangi hayot mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, u yerda aholi bandligini taʼminlash, mahalla ish yurituv hujjatlari, obodonlashtirish ishlari kabi sohalar bo‘yicha tajriba almashildi.

Shuningdek, yangicha gidroponika usulida xonadonlarda qo‘ziqorin yetishtirish sirlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Bu kabi tashriflardan maqsad, yurtimiz rivoji, xalqning yuksalishi uchun hududlarda olib borilayotgan samarali va ezgu ishlarni o‘rganib, bu borada masʼullar bilan tajriba almashish hamda ularni boshqa hududlarda tatbiq etishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM