XOTIRA ABADIY – QADR MUQADDAS

Bugun Narpayning asl farzandi Bektosh Rahimov tavallud topgan kun.

B.Rahimov qator yillar Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarining birinchi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida yurtni obodonlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga bosh-qosh bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarida respublika “Nuroniy” jamg‘armasining raisi vazifasida mehnat qildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ro‘yxati shakllangan “Xotira kitobi”ning jamlanishi va chop etilishida munosib hissa qo‘shgan Mehnat Qahramoni, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi, iqtisod fanlari nomzodi, bir qancha orden-medallar sohibi Bektosh Rahimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oqtosh shahrida uning byusti o‘rnatilgan.

Narpay farzandi B.Rahimov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Tumor bazmgohida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi bu aziz insonning hayoti va faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng B.Rahimov bilan yonma-yon mehnat qilgan faxriylar, nuroniylar hamrohligida mehnat faxriysining byustiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Shu kabi, B.Rahimov mangu qo‘nim topgan Islom shoir qabristonida qurʼon tilovat qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM