#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda davlatimiz rahbari tomonidan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi qilish uchun suvli aholiga har tomonlama qulay hududdan 1gektar ajratish bo‘yicha topshiriq berilgani, ammo tumanimizda suv bormaydigan aholi yashash hududiga uzoq bo‘lgan noqulay hududlardan auksion tizimiga chiqarilganligi mazmunidagi xabar tarqaldi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limidan maʼlumot oldik.

Maʼlumotda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi "QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA" gi PF-15-sonli farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha, Narpay tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari yer maydonlaridan aholiga yaqin hamda suv taʼminoti qulay joylardan 100 gektar sug‘orib haydaladigan yer maydonlar tanlab olinib, tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «Dedan» mahallasi hududida “Hamidov Nurbek” va “Bozor oqsoqol dalalari” fermer xo‘jaliklaridan ajratilgan yer maydonlari 1,0 gektardan kam bo‘lmagan holatda elektron onlayn auksionga chiqarilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM