FARZAND ILMI VA TARBIYASIGA OILA BOSHLARI MASʼUL

Xalqni – xalq, millatni – millat sifatida shakllantira oladigan asosiy kuch bu – taʼlim va sohadagi islohotlar ekanligi hammamizga yaxshi maʼlum. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim tizimini isloh qilishga qaratilgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri ham yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratib berishdir.

O‘tgan o‘quv yilida Narpay tumanida 11-sinf bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga kirishida bir qator maktablar yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Taʼkidlash lozimki, 17-umumtaʼlim maktabining bitiruvchilari OTM o‘qishga kirish bo‘yicha 100 foizlik natijaga erishdi.

Bundan tashqari, fan olimpiadalari, sport musobaqalari bo‘yicha ham ushbu maktabning o‘quvchilari yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Bugun tuman hokimi ushbu umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan otalar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Dastlab, o‘quvchilarning erishgan yutuqlari eʼtirof etilib, ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng, surunkali dars qoldiradigan, darslarda faol ishtirok etmayotgan, darsga tayyorgarliksiz, uyga vazifalarni bajarmasdan kelayotgan o‘quvchilar bo‘yicha ish olib bormayotgan otalar tanqid ostiga olindi.

Masʼul organlar tomonidan o‘quvchilar belgilangan dars soatlarini sababsiz qoldirsa yoki ishtirok etmasa, tegishli tartibda chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirishdi.

Shuningdek, viloyat hamda respublika darajasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘quvchilarning otalariga faxriy yorliqlar topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM